14:37 / 11.09.2021
6442
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaroriga  asosan mamlakatimiz hududida dastur asosida ko‘plab qurilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Dasturning maqsadi qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish hisoblanadi.

Aholi uchun har taraflama qulay, zamonaviy sharoit yaratish qarorning asosiy maqsadi bo‘lib, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan reja dasturlar ishlab chiqilib, katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Xorazm viloyatida ham ishlar qizg‘in. «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan viloyatda 2021 yil oxirigacha 730 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kun holatiga 402 km elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazilgan.

Birgina Xonqa tumani «Katta kuch» mahallasida dastur asosida 160 kVA lik 1 ta, 250 kVA lik 2 ta transformator o‘rnatildi. Bundan tashqari 8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, 10-0,4 kV lik 12,8 km uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellar va havo tarmoqlari tortildi.

Eskirgan yog‘och elektr ustunlarining 82 tasi yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi.

– Mahallamizda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari asosida «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yangi transformatorlar o‘rnatildi, zamonaviy simlar o‘tkazildi, eski elektr ustunlari o‘rniga yangilari o‘rnatildi. Oldinlari elektr uzilishidan juda qiynalar edik. Bugungi kunda uzilishlar umuman kuzatilmaydi. Amalga oshirilgan ishlardan mahallamiz ahli juda xursand, - deydi «Katta kuch» mahallasida istiqomat qilayotgan Tojivoy Boyjonov.

Ta'kidlash joizki, bunday samarali ish jarayonlarida jamiyat ishchi-xodimlari ayniqsa, elektrmontyorlar mehnati beqiyosdir. Kun-u tun, ob-havoning qandayligidan qat'i nazar iste'molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazish uchun «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJning barcha xodimlari fidoyi mehnat qilmoqdalar.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati Ⓣ

Top