12:24 / 13.09.2021
3631

Andijonda yigitdan intim videolarni tarqatmaslik uchun 10 ming dollar so‘ragan erkaklar ushlandi

Ular yigitning telefonidagi intim videolarni tarqatmasliklari uchun pul va yangi telefon olib berishini aytib tovlamachilik qilishgan.

2021 yil 06 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVga fuqaro B.A. ariza bilan murojaat qilib, tanishi “Laziz” va “Xalilullo” ismli shaxslar joriy yilning 04 sentabr kuni uni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida joylashgan “Laziz” ismli shaxsning yashash xonadoniga olib borib, unga nisbatan kuch ishlatib, unga tegishli bo‘lgan “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefonini tortib olishib, telefonda mavjud bo‘lgan u bilan ayol kishi o‘rtasidagi intim videotasvirlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 10.000 AQSh dollari va uyali telefonini qaytarib berish evaziga yangi “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefon uchun 1.150 AQSh dollari, jami 11.150 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 07 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar L.X. va X.I. Andijon shahar, O‘zbekiston ko‘chasidagi 48-maktab tashqi tomonida ariza muallifidan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindilar.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 07 sentabr kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zR JKning 165-moddasi 2-qismi “b,v,” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.X. va X.I.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top