08:06 / 13.09.2021
3728

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Havo 29-31 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top