11:56 / 13.09.2021
8050

Koronavirus: Kunlik holatlar iyul oyi o‘rtalaridan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 526 kishida koronavirus, 96 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 6 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 12 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 164890 (+526) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 17 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 14 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 18 nafari Namangan viloyatida,
  • 62 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 59 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 15 nafari Xorazm viloyatida,
  • 83 nafari Toshkent viloyatida,
  • 179 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda bundan kam kunlik ko‘rsatkich 17 iyul kuni qayd etilgan - o‘shanda 485ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan, 18 iyul kuni kunlik bemorlar soni 541ta yangi holat aniqlangan va shundan keyingi holatlar bundan yuqori bo‘lgan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 66 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Namangan viloyatida 21 nafar,
  • Samarqand viloyatida 131 nafar,  
  • Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
  • Toshkent viloyatida 92 nafar,
  • Toshkent shahrida 203 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 157139 (+644) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1159 nafarni tashkil qildi.

12 sentabr kuni 96 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 25478taga yetdi. Kecha bemorlarning 247 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 19822 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 205 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top