11:57 / 13.09.2021
5367
Talabalar vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin - MSK

Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berish uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishi shart emas.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Unga ko‘ra, talabalar o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

Bunda masalan, Toshkent shahrida tahsil olayotgan samarqandlik talaba saylov uchastkasini o‘zgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, bu jarayonda talabalar o‘zining vaqtincha yashab turgan joyida (TTJ, xonadon) hisobga olingan bo‘lishi kerak.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top