16:00 / 14.09.2021
13683
Barcha texnikani boshqarish uchun birgina ilova

Har qanday uy ishlari yordamchi bo‘lsa yanada oson bitadi. Bugungi kunda bu albatta, inson bo‘lishi shart emas. LG ThinQ ilovasi sizning aqlli uyingiz boshqaruvini to‘laqonli ta'minlaydi. Siz ilovaga ulangan barcha texnikalarni qayerda bo‘lishingizdan qat'i nazar boshqarish imkoniga ega bo‘lasiz.

LG ThinQ ilovasini mobil telefoningizga yuklab oling va u orqali kir yuvish mashinasi hamda quritish mashinasini ishga tushirish, to‘xtatish, holatini tekshirish kabi amallarni bajaring, televizor, muzlatgich, konditsioner, kiyimlar uchun stayler, havo tozalagich yoki aqlli kolonkalarni boshqaring.

Ishdan uy tomon yo‘l olganda konditsionerga siz uchun qulay bo‘lgan havo haroratini o‘rnatishiga buyruq bering, iqlim tizimidan esa havoni yumshatish va tozalash funksiyasiga qo‘ying – uyingizda o‘zgacha muhit yarating. Kir yuvish mashinasida kerakli dasturni jismoniy ishtirokingizsiz ishga tushirishingiz mumkin, sizdan faqatgina yuvilgan kirlarni olish hamda ularni kir yuvish mashinasidan matolar turi haqida ma'lumot oluvchi quritish mashinasida quritishingiz talab etiladi, xolos.

Ilova to‘xtovsiz ravishda yoqilgan maishiy texnikalar holatini nazorat qiladi va qandaydir muammolar yoki noto‘g‘ri vaziyatlar hosil bo‘lganda darhol sizni bu haqida xabardor qiladi.

Shuningdek siz televizordagi dastur yoki ovozli buyruq yordamida yoki Alisa bilan aqlli kolonkalar orqali uyni boshqarishingiz mumkin. Ovozli yordamchi uyingizdagi barcha qurilmalarni boshqarishingizga yordam beradi.  Kompyuterdagi ishingiz yoki televizor tomoshasidan chalg‘imagan holda kiyimlar uchun stayler yoki havo tozalagichni ishga tushiring. Darvoqe, ovozli so‘rovlar  bir necha soniyalar ichida bo‘sh vaqtingizni tartibga solishingizga yordam beradi – LG ThinQ siz ko‘proq nimalarni tomosha qilishingizdan kelib chiqqan holda filmlar, teledasturlar yoki kanallar bo‘yicha sizga tavsiyalar beradi.  Texnikalarga ovozli buyruqlar bering va hayotdan zavqlanib yashang.

Intellektual funksiyalarga ega LG ThinQ ilovasini yuklab oling hamda ro‘yxatdan o‘tish va qurilmalarni qo‘shish uchun quyida belgilangan instruksiyalarga amal qiling.

Mana shunday oson! Endilikda siz o‘zingiz uchun kerakli funksiyalarni tezda ishga tushirishingiz va bajarilgan ishlarni kuzatib borishingiz mumkin. Ishonchli yordamchilar bilan hayotimiz yanada yaxshilanadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top