11:14 / 14.09.2021
1845

Jizzaxda gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o‘rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelingani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Arnasoy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «A.» MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o‘rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelganliklari natijasida, «Arnasoy tumangaz» gaz filiali manfaatlariga 459,6 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top