15:59 / 14.09.2021
6447
Qibraydagi «Zayniddin hoji ota» masjidi qurilishiga hissa qo‘shing!

Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Toshkent viloyatining Qibray tumaniga tashrif buyurdik.

Qibray tumanining Toshkent shahri bilan tutash bo‘lgan hududida joylashgan «Zayniddin hoji ota» jome masjidi qayta qurilmoqda. Masjid 1993 yilda hashar yo‘li bilan 500 kishiga mo‘ljallab qurilgan.

Hozirda masjid binolari ancha eskirib, devorlari nurab qolgan. Mahalliy aholi yordami bilan joriy yilning yoz oylaridan boshlab masjid 3,5 ming kishiga mo‘ljallab qaytadan qurilmoqda.

«Mo‘min-musulmonlarning yordami bilan hozirda masjidimizni qayta qurishga kirishdik. Ko‘plab insonlar kelib hasharda yordam bermoqda. Masjid qurishning fazilati haqida ko‘plab oyatlar va hadislar kelgan. Xususan, payg‘ambarimiz alayhissalom «Kim, unda ibodat qilinishi uchun masjid quradigan bo‘lsa, Alloh taolo evaziga unga jannatda uy qurib beradi”, – dedilar. Boshqa rivoyatlarda, masjid qurilishiga bitta g‘isht qo‘yganlarga jannatda qasrlar va'da qilingani keladi.

Alloh taolo o‘zining bayti qurilishiga hissa qo‘shib, bundan nasibamizni olmoqlikni hammamizga nasib qilsin», – deydi «Zayniddin hoji ota» masjidi imom-xatibi Muhammadsiddiq Jabborov.

Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid qurilishi uchun mas'ul Komil Hojimurodov nomiga ochilgan kartalar

Uzcard: 8600 5304 0496 5975

Visa: 4738 7202 5444 5897

Masjid uchun ochilgan hisobraqam: 20212000003980112002

IIN: 202715194 MFO: 01056

Murojaat uchun masjid imom-xatibi va mas'ullarning telefon raqamlari:

+99899 177-17-71, +99894 685-47-87.

Ushbu maqola Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda tayyorlangan.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top