13:31 / 14.09.2021
895
Qoraqalpog‘istonda koronavirus bilan kasallangan 39 nafar bemor og‘ir ahvolda

13 sentabr soat 15:30 holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 624 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 119 bemor statsionar sharoitda davolanmoqda.

Ularning ichida:

  • 88 nafar bemor Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda tashkil qilingan Nukus maxsus tibbiyot kompleksida;
  • 31 nafar bemor Beruniy tumanidagi «Pedagogika kolleji sport kompleksi»da davolanmoqda.

Qoraqalpog‘iston SSVga ko‘ra, shulardan 39 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 5 nafar bemor juda og‘ir ahvolda, 70 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha, 5 nafar bemorning ahvoli qanoatlanarli deya baholangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, bemorlar dori-darmon va 5 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.

Shuningdek, 505 nafar bemor – koronavirusning yengil simptomlari bilan uy sharoitida hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolanyapti.

Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘istonda bugungacha 15 403 nafar bemor sog‘aygan. 13 sentabr kuni 14ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda avgust oyidagi koronavirus bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar deyarli 50 foizga kamaygan.

Top