21:11 / 14.09.2021
5869
Rossiya harbiylari Qirg‘iziston va Tojikistonda mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Ma'lumot berilishicha, oktyabrda Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi yaqinida KXShT davlatlari qurolli kuchlari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Rossiyaning Qirg‘izistondagi Kant harbiy bazasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda “Interfaks” Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarga navbatchi kuchlar, terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari va harbiy komendatura harbiylari jalb etilgan.

Rossiyalik harbiylarning Qirg‘izistondagi mashg‘ulotlari Afg‘onistonda vaziyat keskinlashishi fonida o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi tankchilari "Lyaur" poligonida tankdan o‘q otish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi.

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulot davomida tankni o‘q otishga tayyorlash, o‘t ochish pozitsiyalarini tanlash, nishonni aniqlash bo‘yicha normativlar bajarilgan.

Ma'lumot berilishicha, oktyabrda Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi yaqinida KXShT davlatlari qurolli kuchlari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Top