14:22 / 14.09.2021
317
Sirdaryoda joriy yilning 8 oyida 15276 nafar chaqaloq dunyoga keldi

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 15276 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 7917 nafarini o‘g‘il va 7359 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Eng ko‘p tug‘ilish Guliston shahar FHDYo bo‘limi tomonidan qayd etildi. Bu haqda DXA Sirdaryo viloyati boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Tuman va shahar kesimida tug‘ilgan chaqaloqlar soni:

  • Guliston shahar – 4938 nafar;
  • Sirdaryo tumani – 2130 nafar;
  • Boyovut tumani – 1415 nafar;
  • Xovos tumani – 1350 nafar;
  • Sayxunobod tumani – 1123 nafar;
  • Sardoba tumani – 930 nafar;
  • Yangiyer shahar – 855 nafar;
  • Oqoltin tumani – 848 nafar;
  • Guliston tumani – 792 nafar;
  • Mirzaobod tumani – 694 nafar;
  • Shirin shahar – 201 nafar.
Top