11:01 / 14.09.2021
1359
Surxondaryoda o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib qochib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida yashovchi X.Daler 2021 yil 11 avgust kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan va unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida sirtdan qamoqqa olish qo‘llangan.

Ta'kidlanishicha, 27 avgust kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan X.Daler tuman hududida yurgani aniqlanib, ushlangan.

Top