08:59 / 14.09.2021
7424
Toshkentda “A” klassga mansub koreys-o‘zbek biznes-markazining qurilish ishlari boshlandi

Mazkur loyiha Koreya Respublikasi sanoat, savdo va energetika vazirligi huzuridagi koreys-o‘zbek biznes assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi. Shunisi alohida e'tiborga molikki, qurilish ishlari Janubiy Koreya tomonidan moliyalashtiriladi.

Premium-klass darajasidagi O‘zbekiston-Koreya biznes markazi – Janubiy Koreyaning Evergreen CEA Tashkent kompaniyasi hamda O‘zbekistondagi BIR Capital sarmoyaviy kompaniyasining yirik ko‘lamdagi qo‘shma hamkorlik loyihasi hisoblanadi. Bunday muhtasham, zamonaviy va qulay yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan bino bir qarashda xuddi Seulning ishbilarmonlik hududidan Toshkentga ko‘chirilganga o‘xshaydi.

E'tirof etish joizki, ushbu yangi biznes markazi yaqin istiqbolda poytaxtning “A” klassga mansub tijorat ko‘chmas mulk segmentiga bo‘lgan talabni yanada oshirishda, shuningdek mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun biz O‘zbekistonda koreys kapitaliga ega bo‘lgan kompaniyani – EVERGREEN CEA TASHKENT'ni qurdik, - deydi qurilish, injiniring, marketing sohasida faoliyat olib boruvchi EVERGREEN CEA TASHKENT Bosh direktori Pile Cho. – Har bir yangi loyihani boshlashdan avval biz doimo o‘zimizga savol beramiz: “10 yildan keyin biz shaharni qanday holatda ko‘rishni xohlaymiz?” aynan shu maqsadda zamon bilan hamnafas bo‘lish, va kerak bo‘lsa hatto undan ham o‘zish, oldinda bo‘lish uchun eng zamonaviy materiallar va ilg‘or texnologiya vositalarni tanlaymiz. Shunisi, quvonarliki, Janubiy Koreyada ajoyib jamoam, O‘zbekistonda esa, aql bovar qilmas darajadagi tajribali va yuqori malakali biznes hamkorlarim bor. Kelgusida biz har ikki davlat, ikki madaniyat o‘rtasida ishonchli va mustahkam ko‘prik bo‘lish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni ayamaymiz! O‘ylaymanki, ikkala davlat o‘rtasidagi biznes-sheriklik yaqin istiqbolda O‘zbekiston bozorida Janubiy Koreyaning yetakchi korporatsiyalari paydo bo‘lishi va qad rostlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. “A” klassga mansub yangi biznes markazi esa ularning bosh qarorgohiga aylanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  Shuningdek, bunday premium klassga oid bo‘lgan maydonlarga bo‘lgan talab yirik mahalliy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar orasida ham juda yuqoridir, boisi  ofislar qulaylik va xavfsizlik nuqtai nazaridan belgilangan talablarga javob berishi lozim.

Vitaliy Fen, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi: “Koreya-O‘zbekiston hamkorlik biznes-markazi qurilishi shunday muhim sana arafasida – O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi va Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 29 yilligi keng nishonlanayotgan pallada boshlanganidan behad mamnunman. Mazkur loyiha mamlakatlarimiz o‘rtasida yirik iqtisodiy o‘sishga va o‘zaro do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishiga shubha yo‘q. O‘ylaymanki, ushbu hamkorlik O‘zbekiston qurilish sanoati timsoli sifatida O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yana bir muvaffaqiyatli modeliga aylanadi. Koreya-O‘zbekiston biznes markazining samarali va foydali maydoni 11 ming kvadrat metrni tashkil etadi. E'tirof etish joizki, muhtasham inshoot dizayni va intereri lakonik jihatdan barqaror va ishbilarmonlik uslubida yaratilgan. Ayniqsa, yumshoq qumli, to‘yingan shokolad va sovuq grafit ranglarining o‘zaro uyg‘unlashgan holda kompaniya binosida aks etgani kompaniyalarning muvaffaqiyati va nufuzini yanada yorqinroq namoyon etadi”.

 

Binoning 11-qavatidagi panoramali derazalar ortidan esa keng, zamonaviy ofislar, do‘konlar, restoranlar, inshootning tom qismida esa, ajoyib gullarga burkangan bog‘ va maroqli suhbatlashish uchun mo‘ljallangan maxsus o‘rindiqlar joylashgan bo‘ladi. Bu yerda biznes-markaz aholisi maroqli hordiq chiqarib, salomatligini mustahkamlash bilan birga, hamkorlari bilan norasmiy muzokaralar olib boradilar, shuningdek, shahar go‘zalligidan ham bahramand bo‘ladilar.

Derazalarning rigelli-javon tizimi tufayli xona ichkarisi xodimlarning salomatligi va ish unumdorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi tabiiy va yorqin ranglar hamda yorug‘lik bilan yetarlicha to‘yingandir. Ishonchli issiqlik izolyatsiyasi esa bino ichidagi qulay issiqlik haroratini saqlab turgan holda yozda haddan tashqari qizib ketishining, qishda esa me'yordan ortiq sovib ketishining oldini oladi. Hozirgi vaqtda 113 avtomashina uchun mo‘ljallangan uch darajali yerosti to‘xtash joyi qurilishi ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Koreya-O‘zbekiston biznes markazidan ko‘chmas mulk xarid qilib olishning afzalliklari borasida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘ling. Qurilishning dastlabki bosqichida xaridorlar eng maqbul narxlarni qo‘lga kiritishadi.

Mo‘ljal: Toshkent shahri, Next savdo markazi, Magic City ko‘ngilochar istirohat bog‘i.

Sayt: kubc.uz

Facebook: fb.com/koruzbc

Instagram: @koruzbc

Murojaat uchun telefonlar: +99855 500 88 11

Ma'lumot o‘rnida: EVERGREEN CEA TASHKENT – bosh qarorgohi Inchxon (Koreya Respublikasi)da joylashgan EVERGREEN MOTORS GROUP xalqaro korporatsiyasining O‘zbekistondagi  bo‘linmasi hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyodagi Kia Motors va Hyundai kompaniyalarining rasmiy distribyutori hamdir, shuningdek, ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanadi va biznes-konsalting xizmatlarini ham taqdim etadi. BIR Capital – tijorat ko‘chmas mulkiga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi. Kompaniya xususiy kapitalni jalb qilish va malakali boshqaruvi tajribasi orqali  investorlarining daromadlarini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Reklama huquqi asosida

Top