16:28 / 15.09.2021
17737

1 mln dollar ko‘rinishidagi kupyurani sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan valuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro F.N. va I.P. oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan, 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U.ga 40 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top