17:28 / 15.09.2021
13257

Afg‘onistonning yangi hukumati kuchli armiya tuzishni rejalashtirmoqda

Ma'lumot berilishicha, “Hozirda armiyani tuzish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilmoqda”.

Foto: EPA/Vostock-photo

“Tolibon” harakati mamlakatning muntazam armiyasini tuzishni rejalashtirmoqda.

“Yaqin kelajakda kuchli va tartibli armiya tuzamiz”, – dedi toliblar shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin. 

Fasihuddinning so‘zlariga ko‘ra, “Hozirda armiyani tuzish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilmoqda”.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan 20 yil davomida Afg‘onistonda samarali milliy qurolli kuchlarni tuzishga erishilmaganini aytgandi.

Top