08:10 / 15.09.2021
12040

AQSh razvedkasi “Al-Qoida” bir-ikki yil ichida Amerikaga yana tahdid solishi mumkin deb hisoblamoqda

Qayd etilishicha, aksariyat ekspertlar “Tolibon” harakati “Al-Qoida”ning Afg‘onistonda kuchayishini to‘xtata olmasligi yoki to‘xtatishni istamasligidan xavfsiramoqda.

Foto: AP

Afg‘onistonda “Al-Qoida” terrorchilari bir-ikki yil ichida AQShga yana tahdid soladigan darajada kuchayishi mumkin. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi rahbari Skott Berre aytdi.

Associated Press agentligining xabar berishicha, u milliy xavfsizlik va razvedka masalalari bo‘yicha konferensiyada ana shunday fikr bildirgan.

O‘z navbatida, MRB boshlig‘i o‘rinbosari Devid Koen AQSh “Al-Qoida”ning Afg‘onistonda faollashayotganiga oid ayrim ma'lumotlar”ni olganini aytdi.

Qayd etilishicha, aksariyat ekspertlar “Tolibon” harakati “Al-Qoida”ning Afg‘onistonda kuchayishini to‘xtata olmasligi yoki to‘xtatishni istamasligidan xavfsiramoqda.

AQShda 2001 yil 11 sentyabrda soir etilgan teraktlardan so‘ng Vashington va uning ittifoqchilari “Al-Qoida”ga qarshi kurashishni asosiy vazifalardan biri deb e'lon qilgandi.

Mavzuga oid
Top