19:36 / 15.09.2021
4369

Fransiya janubida suv toshqinlari sababli yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi

Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, hududdagi infrastruktura jiddiy zarar ko‘rgan. Maktablar va qator yo‘llar yopilgan. 

Foto: AFP

Fransiya janubida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida dala va yo‘llar suv ostida qoldi, yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Associated Press (AP) agentligi.

“Noqulay ob-havodan jabr ko‘rgan barcha aholini qo‘llab-quvvatlayman va ularni kelayotgan kunlarda hushyor bo‘lishga chaqiraman”, – dedi Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen.

Nim va Monpele shaharlari orasidagi hududda kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida suv toshqini yuz berdi va uylar hamda yo‘llar suv ostida qoldi. Chorshanba kuni yana yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, hududdagi infrastruktura jiddiy zarar ko‘rgan. Maktablar va qator yo‘llar yopilgan. 

Jabrlanganlarga yordam berish uchun 900 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchi safarbar qilingan.

Mavzuga oid
Top