19:23 / 15.09.2021
13883

KXDR tomonidan uchirilgan raketalar Yaponiya iqtisodiy hududi chegarasiga tushgani ma'lum qilindi

KXDR uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi qanotli raketalar sinovini o‘tkazgani 13 sentyabr kuni ma'lum bo‘lgandi.

Foto: EPA/KCNA, arxiv

Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketalar Yapon dengizidagi Yaponiya iqtisodiy hududi chegarasiga tushdi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu takroriy tahlillarda ma'lum bo‘lgan.

KXDR uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi qanotli raketalar sinovini o‘tkazgani 13 sentyabr kuni ma'lum bo‘lgandi.

Shimoliy Koreya OAVning ma'lumot berishicha, raketalar «7580 soniya davomida parvoz qilgan» va 1,5 ming km masofadagi nishonlarni yo‘q qilgan.

Mavzuga oid
Top