16:00 / 15.09.2021
5268
Sizda bel, bo‘yin sohalaringizda doimiy og‘riq bormi? Og‘riqlardan oson va samarali xalos bo‘lishingiz uchun maxsus trenajyor!

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, sayyoramiz aholisining katta qismi umurtqa pog‘onasining turli kasalliklari bilan og‘riydilar.

Bu bel og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i, osteoxondroz, disk churrasi (grija) kabilar.

Kasallik paydo bo‘lishining eng asosiy sabablari quyidagilar:

  • kamharakat turmush tarzi;
  • bir joyda ko‘p o‘tirib ishlash;
  • og‘ir mehnat;
  • og‘ir ko‘tarish;
  • ortiqcha vazn;
  • orttirilgan turli jarohatlar;
  • metabolik kasalliklar;
  • genetik moyillik;
  • tabiiy qarish.

Xo‘sh, jarrohlik amaliyotisiz doimiy og‘riqlardan butkul xalos bo‘lish imkoni bormi?

Albatta bor! 

Biz sizga so‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab bel og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i, osteoxondroz, disk churrasi (grija)ni davolashda, og‘riqlarni bartaraf etishda va oldini olishda ommalashib borayotgan, millionlab mijozlarning (bemorlarning) hayratiga va maqtoviga sazovor bo‘layotgan “INVERSION STOL” trenajyorini taklif etamiz!

Inversion stol nima?

Inversion stol – bu oyoqlardan osiltirib umurtqani cho‘zish orqali osteoxondroz, grija, bel va bo‘yin og‘riqlarini davolash uchun mo‘ljallangan trenajyor!

Siz inversion stolda shug‘ullanayotganingizda umurtqa pog‘onangiz cho‘zilib har bir bo‘g‘imi ochiladi, suyuqlik muvozanati tiklanadi va bu sizni og‘riqdan xalos qiladi!

Inversion stol orqali siz quyidagi kasalliklardan samarali tarzda davolanishingiz mumkin:

  • bo‘yin og‘rig‘i;
  • bel og‘rig‘i;
  • osteoxondroz;
  • disk churrasi (grija);
  • qo‘l va oyoqlarning doimiy uvishishi;
  • oyoqlardagi varikoz kengayishi;
  • bosh og‘rishi;
  • uyquning buzilishi.

Inversion stol trenajyorining ko‘pgina turlari bo‘lib ba'zida “qo‘lbola” qilib yasalganlarini ham yurtimizda ko‘p uchratishingiz mumkin.

Ba'zilari sifatsiz materiallardan foydalanilgan, juda qo‘pol bo‘ladi va ko‘p hollarda siz kutgan natijani bermasligi mumkin!

Xo‘sh, aynan qanday inversion stol trenajyorini tanlash kerak?

Biz sizga ko‘plab mijozlarning maqtoviga sazovor bo‘lgan, sifatli, xavfsiz, foydalanishda juda qulay inversion stolni taklif qilamiz.

Modeli: Pro sport

Og‘irlik ko‘tarishi: 130 kg

Og‘irligi: 27 kg

O‘lchamlari: 146 x 78 x 159 sm

Narxi: 2.600.000 so‘m

Butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib berish xizmati mavjud!

Buyurtma berish: forms.amocrm.ru/mvvtlr

Savol yo‘llash: forms.amocrm.ru/mvvtrl

Reklama huquqi asosida

Top