20:00 / 16.09.2021
8326
Shahrisabzda yangi ochilgan “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasi imtiyozlar taklif qilmoqda

Shahrisabz shahrida “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasi faoliyat boshladi.

Mazkur majmuaning ochilish marosimida shahar jamoatchiligi, hudud faollari qatnashdi.

“Ushbu majmuaning faoliyat boshlashi bilan o‘n ikki kishining bandligi ta'minlandi. Kelgusida ish o‘rinlarini ko‘paytirishni niyat qilyapmiz. Maqsadimiz, xalqimizga sifatli va arzon mahsulotlarni qulay takliflar bilan yetkazib berish. Hozirgi vaqtda ikki yuz turdan ortiq mahsulotlarni savdoga chiqarganmiz. Shuningdek, do‘konimiz faoliyatini kengaytirib, binoning ikkinchi qavatida bolalar o‘yingohini ishga tushirish niyatimiz bor”, deydi “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasi direktori Shahzod Sharipov.

Shahrisabzdagi majmuaning faoliyat boshlashi munosabati bilan xaridorlarga bir qator imtiyozlar taklif qilindi. Xususan, o‘n kun davomida xaridorlarga bonuslar berilishi ko‘zda tutilgan. Masalan, xaridingiz 500 ming so‘mdan oshsa, ellik ming so‘m chegirmaga ega bo‘lasiz. Sizga aqlli soat yoki noutbuk sumkasi sovg‘a qilinadi. Uch million so‘mdan ortiq mahsulot sotib olsangiz, kichik printer bonus sifatida beriladi. Xaridorlar dunyoning mashhur brendlari — LG, Samsung, Acer, Lenovo, Apple, Beston, Asus, Panasonic, Gree, Sony, shuningdek, o‘yin stullari, noutbuklar va aksessuarlar. Shuningdek, har qanday mijozga super o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyati ham berilmoqda. Xaridingiz evaziga muzlatkich, gaz plitasi, televizor yoki kichik maishiy texnikalardan birining egasi bo‘lishingiz ham mumkin.

Aytish mumkinki, “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasining filiali Qashqadaryo viloyatida hozircha faqat Shahrisabz shahrida ish boshladi. Shu vaqtga qadar Toshkent shahri, Termiz va Buxoro shaharlarida ham “MEYDAN” savdo do‘konlari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

“MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasining hududlardagi filial manzillari:

Yunusobod tumani, Alibobo qurilish markazi, 1-qavat. Telefon: +99899 550 30 30

Termiz shahri, 5-kichik daha, 18 A manzilgoh. Mo‘ljal: Surxon sport majmuasi yoni, Yashil bozor yo‘lida. Telefon: +99893 790 5000

Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 7-A uy. Telefon: +99897 860 1111

Shahrisabz shahri, «Teparlik» MFY, Ipak yo‘li ko‘chasi 330. Telefon: +99897 701 28 12

Toshkentdagi filial
Buxorodagi filial
Termiz filial

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:

Telegram: t.me/meydangroup

Telegram: t.me/meydanbukhara

Instagram: @meydan.uz

Facebook: fb.com/Meydan.uz

Reklama huquqi asosida

Top