14:18 / 16.09.2021
7090
Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16 sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi.

Sammitda tashkilotga a'zo mamlakatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida ShHTning o‘tgan 20 yildagi faoliyati hamda Tojikiston raisligining yakunlari ko‘rib chiqilib, ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. ShHTga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.

Shuningdek, anjuman doirasida “ShHT - KXShT” formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Top