15:26 / 16.09.2021
9181
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Tojikistonning ShHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va bo‘lajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

Top