15:18 / 17.09.2021
5674
Si Tszinpin xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik qilishdagi asosiy vazifa u yerda tinchlik, barqarorlikka erishish hamda izchil rivojlanish jarayonini yo‘lga qo‘yishdir. 

Foto: Noel Celis/Pool via REUTERS

Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonni tiklashda yordam berishi va terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi keskin kurashishi lozim. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin ShHTning Dushanbedagi sammitida yo‘llagan videomurojaatida aytdi.

«Afg‘onistonda ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Biz terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi keskin kurashishimiz kerak», — dedi u.

Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik qilishdagi asosiy vazifa u yerda tinchlik, barqarorlikka erishish hamda izchil rivojlanish jarayonini yo‘lga qo‘yishdir. 

Si Tszinpin ShHTga a'zo mamlakatlar o‘z siyosiy yo‘lida qat'iy turishi va tashqi aralashuvlarga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytdi.

«Taraqqiyotimiz kelajagi doimo o‘z qo‘limizda bo‘lmog‘i kerak», — deb ta'kidladi u.

 

Top