10:59 / 17.09.2021
4479

Toshkent – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov tiklanmoqda

26 sentyabrdan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. 

Aviakompaniya xabarida aytilishicha, rejaga muvofiq qatnov haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent – Kiyev yo‘nalishida aviachipta 2 234 655 so‘mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so‘mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.

Narxlar 16.09.2021 holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.

Ma'lum qilinishicha, chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foizlik chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Mavzuga oid
Top