08:39 / 18.09.2021
3942
AQSh Eron, Xitoy va Kuvaytning bir qator fuqarolariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Eron, Kuvayt, Livan va Xitoyning bir necha fuqarolarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

AQSh Moliya vazirligi “terrorchi tarmoqlar” ostida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi va “Hizbulloh”ni nazarda tutadi. Sanksiyalar 6 nafar eronlikka, 2 nafardan livanlik va xitoylikka hamda 4 nafar kuvaytlikka qarshi kiritilgan.

Ushbu shaxslar yuqorida keltirilgan tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirgani, ularga elektronika, oltin sotgani va valutani ayirboshlashdagi yordami uchun sanksiyalar ostiga tushgan. Sanksiyalar ushbu shaxslarning AQSh banklaridagi aktivlari muzlatilishi, AQSh kompaniyalari va fuqarolariga ular bilan biznes yuritishni taqiqlashni nazarda tutadi. 

Top