08:41 / 18.09.2021
5253

BMT Afg‘onistondagi missiyasini yarim yilga uzaytirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi missiyasini yana yarim yilga uzaytiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Missiyaning uzaytirilishi uchun Xavfsizlik kengashining barcha 15 a'zosi ovoz berdi.

BMTning Afg‘onistonga yordam berish bo‘yicha missiyasi 2002 yil 28 mart kuni Afg‘oniston rahbariyati iltimosi bilan tashkil etilgan. U har yil bir yilga uzaytirib kelingan.

Xavfsizlik kengashi missiyani 2022 yil 17 martgacha uzaytirishga qaror qildi.

BMTning Afg‘onistondagi missiyasi gumanitar masalalar bilan shug‘ullanadi.

Ta'kidlanishicha, missiya vazifalari avvalgidek qoladi, biroq keyingi yarim yil ichida ularga tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Top