14:00 / 18.09.2021
2620
«O‘zmetkombinat» AJga qimmatli qog‘ozlar emitenti korxonasi reytingi berildi

«SNS Ratings» reyting agentligi «O‘zmetkombinat» AJga 2020 yil natijalari bo‘yicha milliy shkalada (uz) «AA» darajada «Barqaror» prognozi bilan qimmatli qog‘ozlar emitenti korxonasining reytingini berdi. 

2020 yil yakuni bo‘yicha kombinatning umumiy aktivlari 2019 yil yakunlariga nisbatan 15,48 foizga o‘sdi va 4,4 trillion so‘mga yetdi. 2020 yilda kombinatning xususiy kapitali 2019 yil yakunlariga nisbatan 7,79 foizga o‘sdi va 1,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bir vaqtning o‘zida, o‘tgan yil moliyaviy mustaqillik ko‘rsatkichlari ancha yuqori deb baholandi.

2020 yil yakunlari bo‘yicha kombinatning likvidlik ko‘rsatkichlari yuqori darajani ko‘rsatdi va likvidlikning barcha koeffitsiyentlari tavsiya etilgan me'yordan ancha yuqori bo‘lib kelmoqda.

Shu bilan birga, «SNS Ratings» RA, «O‘zmetkombinat» AJga, «Toshkent» Respublika fond birjasi tomonidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar savdosining 2021 yil 8 oylik yakunlari natijalari bo‘yicha milliy shkalada (uz) «AA+» darajada qimmatli qog‘ozlar jozibadorligi reytingini berdi. 

Ushbu ko‘rsatkichlar, korxona aksiyalarining investitsion jozibadorligini oshirishga, «O‘zmetkombinat» AJ aksiyalarini qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorida aylanishining ko‘payishiga, korxonaning xalqaro moliya bozoriga chiqishini ta'minlashga va davlat kafilligisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishga imkon beradi.

«O‘zmetkombinat» ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida foydali ma'lumotlar va takliflarni kuzatib boring:

Telegram: t.me/umk_matbuot_xizmati

Facebook: fb.com/matbuot

Instagram: instagram.com/umk_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida

Top