08:28 / 18.09.2021
3548
Qoraqalpog‘istonda «Kobalt» va yuk avtomobili ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri hodisa joyida vafot etdi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida yengil va yuk avtomobillari ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Videodan kadr

Joriy yil 12 sentabr kuni soat 15:00larda Qo‘ng‘irot tumani, Ajiniyoz ovulida yashovchi fuqaro “Kobalt” avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Kobalt” haydovchisi og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid
Top