16:37 / 18.09.2021
3644
Xitoyda CITIC Group sobiq direktori pora olgani uchun 18 yilga qamaldi

Chjao Tszinven shuningdek, 3,2 mln yuan (495 ming dollar) miqdorida jarima ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Foto: VCG

Xitoydagi Chansha shahri sudi CITIC Group investitsion korporatsiyasining sobiq ijrochi direktori Chjao Tszinvenni 18 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Qayd etilishicha, u pora olish va korrupsiyada aybdor deb topilgan.

Chjao Tszinven shuningdek, 3,2 mln yuan (495 ming dollar) miqdorida jarima ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Hukmda aytilishicha, sobiq direktor "qilgan jinoyatlariga iqror bo‘lgani va pushaymonlik bildirgani, noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan mablag‘larni qaytargani uchun" unga yumshoqroq jazo berilgan. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2012 yildan buyon 4,1 milliondan ortiq kishi korrupsiya bo‘yicha jazoga tortilgan.

Mavzuga oid
Top