08:01 / 20.09.2021
7829

Andijonda 6ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir kishi vafot etdi

Andijonda 6ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar qildi.

Joriy yilning 18 sentabr kuni soat 18:05larda Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani “Ko‘makay” MFY hududidan o‘tuvchi 4R130 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida YTH yuz bergan.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan G‘.A. boshqaruvidagi “Dongfeng” yuk avtomobili, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan B.Yu. boshqaruvidagi “Damas”, haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Damas”, haydovchi, 1958 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “Neksiya”, haydovchi, 1958 yilda tug‘ilgan M.J. boshqaruvidagi “Matiz” va haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada, “Damas” avtomobili yo‘lovchisi bo‘lgan fuqaro M.F. shifoxonada vafot etgan

Mazkur YTH yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top