16:30 / 20.09.2021
5820
Armaniston Turkiya bilan muloqot boshlashga tayyorligi ma'lum qilindi

Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan.

Armaniston Turkiya bilan yuqori darajada muloqot boshlashga tayyor. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Mane Gevorkyan ma'lum qildi.

"Armaniston va Turkiya rasmiy shaxslari o‘rtasida hozircha muloqot bo‘lmadi. Shunday holat yuz bersa, Armaniston yuqori va oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyor bo‘ladi", — dedi u.

Yakshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Pashinyanning uchrashuv to‘g‘risidagi taklifini yetkazganini aytgandi.

Umumiy chegara bo‘lishiga qaramasdan, Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan.

2009 yilda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzolagan. 2018 yilda Armaniston ushbu protokol bekor qilinganini bildirgan.

Top