14:25 / 20.09.2021
7184
JSST rahbari toliblar bilan muzokara o‘tkazish uchun Kobulga keldi – OAV

Qayd etilishicha, Tedros Adanom Gebreyyesus Afg‘onistonga sog‘liqni saqlash sohasida yordam ko‘rsatish muammosini muhokama qilmoqchi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus Kobulga tashrif buyurdi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Gebreyyesus tashrif davomida "Tolibon" harakati vakillari bilan uchrashadi.

Qayd etilishicha, "Afg‘onistonga Jahon banki tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida yordam ko‘rsatish to‘xtatilgani hamda yordamni qayta tiklash" masalasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ladi.

Top