14:39 / 20.09.2021
6819

Rossiyaning Markaziy Osiyoda maxfiy kun tartibi yo‘q - Rudenko

Andrey Rudenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada mintaqa mamlakatlarini “yo Rossiya bilansan, yo Rossiyaga qarshi” degan geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish fikri yo‘q. 

Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosati maksimal darajada ochiq. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma'lum qildi.

«Bizning Markaziy Osiyodagi siyosatimiz maksimal darajada ochiq. Bizning hech qanday maxfiy kun tartibimiz yo‘q. Mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan ishonch asosida teng huquqli hamkorlik o‘rnatishga intilamiz. Buni uddalayapmiz deb o‘ylayman», — dedi Rudenko Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mintaqa mamlakatlarini “yo Rossiya bilansan, yo Rossiyaga qarshi”, degan geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish fikri yo‘q. 

«Biz uchun muhimi, mintaqaviy xavfsizlik sharoitlarini yaratish», — deb ta'kidladi Rudenko.

Toshkentda «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Top