08:13 / 20.09.2021
6632
Toshkentda ekopolitsiya uchun avtomobillar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Butunjahon tozalik kuni doirasida, 2021 yil 18 sentabr kuni Bobur nomidagi "Ekobog‘"da ekologik nazorat guruhi uchun avtomobillar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Joriy yil 24 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ekologiya sohasiga oid videoselektor o‘tkazilgandi. Unda Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilib, ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalarini amalga oshirishi va ushbu Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritishi ta'kidlab o‘tilgandi.

Ekopolitsiya Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatib o‘tilganidek:

  • transport vositalaridan chiqindi yoki boshqa narsalarni tashlab yuborganlik uchun;
  • jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini iste'mol qilishi oqibatida atrofdagi fuqarolar salomatligiga ta'sir etganlik uchun;
  • belgilanmagan joylarda turli xildagi chiqindilarni (sigaret qoldig‘i, pista po‘chog‘i, turli qog‘oz, shisha, sellofan va plastik buyumlar) tashlagan(uloqtirgan)lik uchun;
  • shahar va shahar atrofidagi mahalla, xiyobon, bog‘lar va yo‘l bo‘ylaridagi o‘simlik dunyosiga zarar yetkazganlik uchun;
  • chiqindi va xazonlarga o‘t qo‘yib, yoqib yuborganlik uchun;
  • tabiat jonivorlariga ozor berganlik uchun qat'iy chora ko‘rish va jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
Top