14:28 / 21.09.2021
2593

 «BMT Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishi mumkin» – Komilov

21 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o‘rinbosari, Qurolli kuchlari davlat vaziri, Jyeyms Hippini qabul qildi.

Vazirlik matbuot kotibining xabar berishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilingan.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin, deb hisoblaymiz», degan O‘zbekiston tashqi siyosiy idorasi rahbari Abdulaziz Komilov. 

 

Top