17:41 / 21.09.2021
22160
Dunyoning eng keksa egizaklari Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Umeno Sumiyama va Koume Kodama 1913 yilda Syodo orolida tug‘ilgan. Hozirda 107 yosh va 300 kunni qarshi olgan Umeno va Kume qariyalar uyida yashaydi.

Umeno Sumiyama va Koume Kodama / Foto: Guinness World Records

Yaponiyalik egizak opa-singillar dunyodagi eng keksa egizaklar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Umeno Sumiyama va Koume Kodama 1913 yilda Syodo orolida tug‘ilgan. Umenoning to‘rt, Koumening ikki nafar farzandi bor.

Hozirda 107 yosh va 300 kunni qarshi olgan Umeno va Kume qariyalar uyida yashaydi.

Ular 2000 yilda yaponiyalik egizak opa-singillar Kin va Jin rekordini yangilashdi (Kin va Jin 107 yosh va 175 kunlik bo‘lgan). 

Ginnesning rekordlar kitobi bergan ma'lumotga ko‘ra, hozirda dunyodagi eng keksa ayol ham Yaponiyada yashaydi. U Fukoka orolilik Kane Tanaka bo‘lib, 118 yoshda.

Mavzuga oid
Top