07:31 / 21.09.2021
2144

Navoiyda bolasini 85 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan samarqandlik ota-ona qo‘lga olindi

Navoiyda samarqandlik ikki fuqaro farzandini 85 mln so‘mga sotayotganda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Oqtosh shaharchasida yashovchi ota-ona hali 2 yoshga ham kirmagan bolasini 85 million so‘mga sotmoqchi bo‘lishgan. Chaqaloqqa xaridor ham topilgan. Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi fuqaro oldindan 50 mln so‘m, bir necha kundan keyin qolgan 35 mln so‘mni berish sharti bilan bolani sotib olmoqchi bo‘lgan.  

Ota-ona Karmana tumanidagi “Temurbek” kafesida xaridor bilan uchrashib, 50 mln so‘m pulni olayotganda Navoiy viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi hamda departamentning Karmana tumanidagi bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Oldinroq Samarqand shahrida 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz va uning onasiga sud hukmi o‘qilgandi.

Mavzuga oid
Top