13:10 / 21.09.2021
6171

O‘zbekistonda har 100ta uyga o‘rtacha 50ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda

100ta uy xo‘jaligiga nechta yengil avtomobil to‘g‘ri kelishi ma'lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: KUN.UZ

Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga 100ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 50ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Qayd etilishicha, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 100ta uy xo‘jaligiga 21ta avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 100ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 42ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, O‘zbekistonda avgust oyida 2 dona “Gentra” ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘lgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil sotib olish ko‘rsatkichi pandemiya davriga nisbatan sezilarli pasaygani aytilgandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, avgust oyida respublikada avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar soni sezilarli darajada oshib iyul oyiga nisbatan o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.

Biroq ichki bozorda bo‘lgan talab miqdori 2020 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda 8,6 foizga kamaydi. Buning sababi o‘tgan yilning iyul oyida joriy qilingan lokdaundan keyin avgust-dekabr oylarida kechiktirilgan talab qondirilishi bilan izohlanadi.

Mavzuga oid
Top