14:42 / 21.09.2021
4042
«Saylovlar oldida turibmiz, sizlarning xolis munosabatingiz juda muhim» – Prezident OAV vakillari bilan uchrashdi

Bo‘zatov tumanida Jumanazarovlar xonadonida OAV vakillari bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlardan bugungi voqelikni xolis yoritish zarurligi, bu saylovlar oldidan har bir fuqaro o‘z tanlovini ixtiyoriy tanlashida muhimligini bildirdi.

“5 yil avval bugungi so‘z erkinligini ko‘pchiligingiz tasavvur ham qilmasdingiz. O‘tgan davr mobaynida sizlar bilan yaxshi-yomon kunlarni birga ko‘ryapmiz. Sizlar yurtimizni men bilan birga ham, o‘zlaringiz ham aylanib chiqyapsizlar”, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shuningdek, prezidentning ta'kidlashicha, OAVning xolis munosabati juda muhimdir.

“Har bir vaziyatni adolat bilan yetkazsangiz, men sizlardan minnatdor bo‘laman. Saylovlar oldida turibmiz, sizlarning xolis munosabatingiz juda muhim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top