16:52 / 22.09.2021
12690

Ijara, propiska, fuqarolik berish bo‘yicha vaziyat esimizda – prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv chog‘ida yoshligida boshidan o‘tkazgan sinovlarni eslab o‘tdi.

“Talabaligimda, ishni boshlagan paytlarimda ijarada turganman. Bolam bilan uysizlikda yashash muammosini men juda yaxshi bilaman. Shuning uchun uy-joy qurishga ko‘p e'tibor beraman. Yaqin-yaqinda ham propiska muammosi bor edi. Men o‘zim ham bundan aziyat chekkanman. Ishlayman, Toshkentda yashayman, lekin aybim Toshkentda tug‘ilmaganim bo‘lgan. Mana, hozir hamma teng huquqli, poytaxt propiskasi kerak bo‘lsa olaveradi. Fuqarolik berishni eslaylik. 30 yillab O‘zbekistonda yashaganga fuqarolik bermaslik adolatdanmi?

Murakkab va muhim jarayon oldida turibmiz. Saylov huquqi, tanlov sizlarda. Prezidentlik – avvalo, el-yurtning yuksak ishonchini oqlash, degani. Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etasiz va mas'uliyat bilan o‘z tanlovingizni bildirasiz, deb ishonaman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top