16:11 / 22.09.2021
11787

Prezident: Turkmaniston bilan chegaraoldi savdo zonasi tashkil etish va chegara-o‘tkazuv punktini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik

Ashxobodgacha masofa 400 kilometrga, transport xarajatlari 1,5 marta qisqaradi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Kelgusi besh yilda Xorazm viloyat eksporti 2,5 barobarga ortib, yillik 500 million dollarga yetkaziladi. Misol uchun, 2016 yilga nisbatan mato va tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish 10 barobarga oshgan bo‘lsa, 2026 yilgacha yana kamida 5 barobarga oshiriladi.

Buning uchun, yaqinda Turkmaniston bilan Shovotda chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish va chegara-o‘tkazuv punktini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. Natijada, Ashxobodgacha masofa 400 kilometrga, transport xarajatlari 1,5 marta qisqaradi.

Shuningdek, viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda, Kaspiy dengizigacha bo‘lgan transport xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi.

Bu ham bizning azal-azaldan qo‘shnichiligimizdan dalolat. Yaqinda Turkmaniston prezidenti, hurmatli Gurbanguli Berdimuhamedov do‘stim O‘zbekistonga tashrif buyuradi va biz o‘zaro savdo hajmini bir necha karra ko‘tarmoqchimiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top