19:14 / 22.09.2021
9416
Ukraina prezidentiga 22 marta tahdid qilingani ma'lum bo‘ldi

O‘tgan ikki yil mobaynida Ukrainada yuqori lavozimli shaxslarga nisbatan 25 ta tahdidli xabar kelib tushgan. Bulardan 22 tasi prezidentga, uchtasi ichki ishlar vaziriga yo‘llangan.

Foto: RIA Novosti

 2019 yildan buyon Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga 22 marta tahdid qilingan. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmatiga tayanib «RBK — Ukraina» xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, ushbu davr mobaynida mamlakat yuqori lavozimli shaxslariga nisbatan 25 ta tahdidli xabar kelib tushgan. Bulardan 22 tasi prezidentga, uchtasi ichki ishlar vaziriga yo‘llangan.

Tahdidli xabarlarni yo‘llashga aloqador 16 kishi qo‘lga olingan.

22 sentyabr kuni Kiyev yaqinida noma'lum shaxslar Zelenskiyning maslahatchisi Sergey Shefirning avtomobilini o‘qqa tutgani xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, avtomobilga Kalashnikov avtomatidan 18 ta o‘q uzilgan. Shefirga hech qanday jarohat yetmagan, uning haydovchisi esa uchta o‘q tegishi oqibatida jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan.

Zelenskiy ushbu suiqasd ortida kim turganini hozircha bilmasligini aytdi.

Mavzuga oid
Top