22:11 / 23.09.2021
8057

Aktyor Deniel Kreygga o‘z qahramoni Jyeyms Bond kabi faxriy kommander unvoni berildi

Foto: Royal Navy/Facebook

Britaniyalik josus Jyeyms Bond haqida filmlarda bosh rol ijro etgan aktyor Deniel Kreyg o‘z qahramoni kabi Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining faxriy kommanderi unvonini oldi. Qirollik harbiy-dengiz floti saytida ma'lum qilinishicha, ushbu unvon 53 yoshli aktyorga Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining ijobiy qiyofasini shakllantirishda va harbiylar oilalarini qo‘llab-quvvatlashda qo‘shgan hissasi uchun berilgan

“Men bundan juda minnatdorman, katta zveno faxriy kommanderi unvonini olish men uchun katta sharafdir”, deb aytgan Kreyg.

Oktyabrda dunyo ekranlariga agent 007 - Jyeyms Bond sarguzashtlari haqidagi navbatdagi “O‘lishning mavridi emas” (No Time to Die) filmi chiqadi. Film ijodkorlari uni yaratish davomida Britaniya harbiy-dengiz kuchlari va mudofaa vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilishgan. Jumladan, harbiylar film uchun zarur texnika va suratga olish joylarini taqdim qilishgan.  

Kreyg Bond rolini 15 yil davomida ijro etib kelgan va “O‘lishning mavridi emas” u uchun ushbu seriyadagi oxirgi film bo‘ladi. Bungacha u Bond haqidagi 4ta filmda suratga tushgan: “Kazino “Royal” (Casino Royale, 2006 yil), “Rahmdillik kvanti” (Quantum of Solace, 2008), “007: Koordinatalar “Skayfoll” (Skyfall, 2012) va “007: Spektr” (Spectre, 2015).

Mavzuga oid
Top