15:18 / 23.09.2021
7166

Chiplar taqchilligi dunyo avtosanoatiga 210 mlrd dollarga tushishi mumkin

Alix Partners hisob-kitobiga ko‘ra, bu yil avtomobil kompaniyalari 7,7 mln dona avtomobilni ishlab chiqara olmaydi.    

Foto: Bloomberg

AlixPartners konsalting kompaniyasi defitsit taqchilligi tufayli avtosanoat qancha daromadni boy berishi borasida may oyida bergan prognozini qayta ko‘rib chiqdi.

May oyida ekspertlar yo‘qotish 11 mlrd dollar bo‘lishini taxmin qilgan bo‘lsa, endilikda bu raqam 210 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Alix Partners hisob-kitobiga ko‘ra, bu yil avtomobil kompaniyalari 7,7 mln dona avtomobilni ishlab chiqara olmaydi.

«Ko‘pchilik chiplar bilan bog‘liq inqiroz pasayishiga umid qilgandi, ammo Malayziyadagi lokdaun va boshqa joylardagi muammolar singari qator noxush holatlar vaziyatni yanada chuqurlashtirdi»,— dedi AlixPartners kompaniyasining avtomobilsozlik bo‘yicha direktori Mark Ueykfild.

Oxirgi oylarda dunyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Ford Motor, GM, Volkswagen, Jaguar Land Rover, Nissan, Honda, Toyota, Fiat Chrysler chiplar taqchilligi tufayli ishlab chiqarish qisqartirilishi yoki vaqtincha to‘xtatilishini e'lon qildi.

Top