10:37 / 23.09.2021
16144
Rossiya O‘zbekistonga parvozlar sonini oshirmoqda

Rossiya 5 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston shaharlariga muntazam qatnovlar sonini ikki taraflama asosda ko‘paytiradi. Bu haqda mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi ma'lumotida aytilgan.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi: 

  • «Moskva - Toshkent» - haftasiga 4 tagacha reys;
  • «Moskva - Buxoro» - haftasiga 2 ta reys;
  • «Moskva - Urganch» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Samarqand» - haftasiga 2 ta reys;
  • «Moskva - Namangan» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Farg‘ona» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Andijon» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Termiz» - haftasiga 1 ta reys.

Bu faqat Rossiya aviakompaniyalarining reyslari, O‘zbekiston tomoni ham shuncha parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, operativ shtab xalqaro parvozlar tiklangan Rossiya aeroportlaridan har bir yo‘nalish bo‘yicha haftasiga 1 marta O‘zbekistonning yuqoridagi shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.

Top