16:22 / 23.09.2021
11845
Turkiya o‘zining ilk elektromobilini namoyish etdi

Elektromobilni turkum ishlab chiqarish 2022 yil oxiridan boshlanadi.

Turkiyada ilk elektromobil ishlab chiqarildi. U Istanbuldagi TEKNOFEST ko‘rgazmasida namoyish etildi.

"Bu shunchaki avtomobil emas, eng yangi texnologiyalar qo‘llangan aqlli qurilma", — dedi avtomobilni ishlab chiqargan Group TOGG kompaniyasi bosh direktori Gurjan Karakash.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu elektromobillarni turkum ishlab chiqarish 2022 yil oxiridan boshlanadi.

Qayd etilishicha, elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavod Bursada joylashadi, ishlab chiqarish esa ekologik tamoyillar asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top