10:01 / 24.09.2021
2092
Xitoyda kriptovaluta bilan bog‘liq har qanday operatsiyalar taqiqlandi

Ta'kidlanishicha, kriptovaluta bilan savdo qilish javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Foto: Reuters

Xitoy markaziy banki mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatadigan xorij kriptobirjalari ta'qib qilinishini bildirdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Mamlakat xalq bankining ma'lum qilishicha, mamlakatda bitkoynlarda har qanday operatsiya o‘tkazish qat'iyan taqiqlanadi. 

Ta'kidlanishicha, kriptovaluta bilan savdo qilish javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Ushbu bayonot ortida bitkoyn narxi 24 soat ichida 3 foizga arzonlashdi, deb yozadi CNBC.

Avvalroq Xitoy markaziy banki kriptovalutalar bilan operatsiyalar chayqovchilik ekanligini, shu bois ulardan «uzoqroq turish» kerakligini bildirgandi.

Mavzuga oid
Top