07:59 / 25.09.2021
9363
Bog‘chaga qabul qilishda kimlar imtiyozga ega ekani ma'lum qilindi

Maktabgacha tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro‘yxati (imtiyozli ro‘yxat) yangilangan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
  • ko‘p bolali oilalarning bolalari;
  • yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari;
  • akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
  • ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Mavzuga oid
Top