15:39 / 25.09.2021
7265

«To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga 4ta yangi norma qo‘shilmoqda

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Senat Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. 

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga yangi tahrirdagi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Qonun mazmunan kengaytirilib, “bankrotlik” atamasi umumjahon tajribasi talablariga muvofiq “to‘lovga qobiliyatsizlik” atamasi bilan almashtirilmoqda.

Nimalar o‘zgaradi?

- Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklari, moliya tashkilotlari va boshqa manbalarning mablag‘larini jalb etish belgilanmoqda;

- Mol-mulki yetmasdan qoplanmay qolgan qarz mablag‘larini qarzdor mansabdor shaxslar g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida bankrotlikka olib kelgan shaxslardan subsidiar yoki solidar tartibda undirish talablari kiritilmoqda;

- Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizlik amaliyoti joriy qilinib, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi joriy etilmoqda;

- Yuridik yoki jismoniy shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari, shu jumladan, firibgarlik asosida qarzdan ozod etilishining oldini olishga qaratilgan talablar ham belgilanmoqda.

Qonun ma'qullanishi bilan to‘lovga qobiliyatsizlikni sog‘lomlashtirish taomillari orqali iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini qo‘llashga imkoniyat yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi shu yilning iyun oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

 

Top