23:19 / 26.09.2021
14692

Futzal bo‘yicha JCh. Yarimfinalning dastlabki juftligi ma'lum

Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida chorakfinal bahslari boshlandi. 

Braziliya Marokashni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, amaldagi chempion Argentina penaltilar seriyasida Rossiyadan ustun keldi va 1/2 finalga yo‘l oldi. 

Shu tariqa birinchi yarimfinalda Lotin Amerikasi grandlari to‘qnash keladigan bo‘lishdi. 

Ikkinchi yarimfinalda Ispaniya—Portugaliya va Qozog‘iston—Eron bellashuvlari g‘oliblari bahs yuritishadi.

Futzal bo‘yicha JCh. 1/4 final. 26 sentabr

Marokash — Braziliya 0:1
Gol:
Arauxo (11). 

Rossiya — Argentina 1:1
Gollar:
Antoshkin (36) — Kuzzolino (25).
Penaltilar seriyasi — 4:5.

Mavzuga oid
Top